18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Mamlakatimizda
11 Mart  2019 1078

“O‘zbekko‘mir” AJning 45 foiz aksiyalari Rossiya kompaniyasi ishonchli boshqaruviga beriladi

Ozbekkomiraksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident qarori (PQ-4234, 07.03.2019 y.) qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq, “ProgressGorTex” MChJ (Rossiya Federatsiyasi) sho‘ba xo‘jalik jamiyati-ishonchli boshqaruvchi “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJning “O‘zbekko‘mir”AJ ustav kapitalidagi 45 % aksiyalari paketining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar beradi.

Shuningdek qaror bilan, “O‘zbekko‘mir”AJga istisno tariqasida, aksiyalarni ishonchli boshqaruvga topshirilishiga qadar, “ProgressGorTex” MChJ bilan kelishgan holda tegishli ravishda ekspertizadan o‘tkazilgan kon-transport va yordamchi texnika, texnologik uskunalarni tender savdolari o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi.

Endilikda, ko‘mirlar narxi operatsion sarflar, kapital xarajatlar va 10 foizdan kam bo‘lmagan rentabellik darajasi asosida shakllantiriladi, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari qayta ko‘rib chiqilishi bilan uyg‘un ravishda qayta ko‘rib chiqiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech