09 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,4 °C

Ijtimoiy hayot
22 Fevral  2020 939

O‘zbekistonliklar YouTubeda kuniga o‘rtacha qancha video ko‘rishi ma’lum bo‘ldi

YouTube videoxostingida O‘zbekiston aholisi har oy 100 million martadan ortiq ko‘rishlarni amalga oshiradi. Bu haqda YouTube’ning Markaziy Osiyodagi rasmiy hamkori Genesis YouTube Central Asia rahbari Samson Bezmyatejniy ma’lum qildi, deb xabar beradi Spot.

Videoservis mamlakatdagi eng ommaviy saytlar orasida 10-o‘rinda turadi. Bu internet qimmatligi sabab odamlar saytga kirishga qo‘rqishi bilan izohlandi. Auditoriyani baholashda O‘zbekistonning Rossiya va boshqa davlatlardagi fuqarolari ham hisobga olingan.

“O‘zbekistonning o‘zida foydalanuvchilar soni u qadar ko‘p emas — 25 foiz, bu esa oyiga 25 million marta ko‘rish demakdir”, — deydi Bezmyatejniy.

O‘rtacha statistikaga ko‘ra, o‘zbekistonlik foydalanuvchi kuniga beshta rolik ko‘radi. Davomiyligi — kuniga 20 daqiqa. Foydalanuvchilarning asosiy qismini (70 foiz) erkaklar tashkil etadi. O‘zbekiston fuqarolari asosan mobil qurilmalardan (72 foiz) kiradi, ikkinchi o‘rinda — kompyuterlar turadi (24 foiz).

Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda ikkinchi o‘rinda Smart TV turadi (20 foiz — oyiga 2,5 million odam). Qozog‘istonliklar uchun YouTube standart televideniyening o‘rnini egallagan.

Umumiy auditoriyaning 38 foizini 25—34 yosh oralig‘idagi foydalanuvchilar tashkil etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech