19 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Kеyingi avlod
15 Fevral  2019 5207

O‘zbekistonlik talabalar ikkinchi bor xalqaro darajada tan olindi

Toshkent davlat stomatologiya instituti har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan A. I. Yevdokimova nomidagi Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya universiteti tomonidan Butun Rossiya stomatolog talabalar olimpiadasida muntazam ishtirok etib keladi.

2017-yilda o‘tkazilgan olimpiadada 50 ga yaqin oliy o‘quv yurtlari orasida Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari chempion bo‘lishgan edi.

Joriy yilgi olimpiadada ham MDH davlatlarining 45 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Bu safar ham o‘zbekistonlik talabalar bilim va mahoratlarini yaxshi namoyish etishdi. Institutning 5-kurs talabasi Sardor Xaytmetov olimpiadaning mutlaq g‘olibi bo‘lgan bo‘lsa, Farruh Mingboev va Boburjon Hamidov ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi. Shu tariqa Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘tgan uch yil ichida stomatologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlashda ikkinchi bor xalqaro darajada tan olindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech