24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,1 °C

Harbiy
16 Avgust  2019 289

O‘zbekistonlik alpinistlar Elbrusni zabt etdi

“Elbrus halqasi” xalqaro musobaqasida beshta davlatning harbiy xizmatchilari o‘ta murakkab tog‘ sharoitida va chidab bo‘lmas bosim ostida harakatlandi. Kabardin-Bolqordagi Elbrus cho‘qqisiga amalga oshirilgan marsh esa haqiqiy harbiy alpinistlar nimaga qodir ekanligini ko‘rsatib berdi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati. 

Musobaqa ishtirokchilari quyi harorat va cheklangan harakat kabi murakkab tog‘ sharoitida, o‘nlab maxsus vazifalarni bajardilar.

Bellashuv avvalida ishtirokchilar ikki kun Elbrusni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha piyoda zabt etish bilan shug‘ullandi.

Maxsus vazifalarni bajarish chog‘ida harbiy xizmatchilar “Azau — Priyut-11” yo‘nalishi bo‘yicha qurol-aslaha yordamida marsh yurishni amalga oshirdi.
Ta'kidlash kerakki, “Elbrus halqasi — 2019” xalqaro tanlovining final bosqichida O‘zbekiston jamoasi birinchi bo‘lib Elbrusni zabt etdi. Buning uchun jamoamizga 4 daqiqayu 25 soniya kerak bo‘ldi.

Musobaqada Rossiya, Hindiston, Marokash, Qozog‘iston va O‘zbekiston jamoalari o‘zaro bellashdi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Rossiya birinchi o‘ringa (12 848 ball) munosib ko‘rilgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin O‘zbekiston (12 041 ball) jamoasiga nasib etdi. Kuchli uchlikdan Qozog‘iston harbiy xizmatchilari joy oldi (11 672 ball).

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech