11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,6 °C

Salomatlik
3 Iyul  2020 451

Oʻzbekistonda COVID-2019 RNKsini ajratish diagnostik toʻplami ishlab chiqildi

Bugungi kunda dunyo miqyosida COVID-19 bilan kasallanganlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan COVID-19 ni diagnostika qilish uchun PSR usuli standart sifatida taklif qilingan.

Maʼlumki, PSR diagnostika tahlilini amalga oshirish uchun dastlab COVID-19 koronavirus RNK sini ajratib olish talab etiladi. 15-martda ilk bor Oʻzbekiston hududida SARS CoV-2 virusi aniqlangandan soʻng, OʻzR FA Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti xodimlari ham COVID-2019 RNK sini ajratishga moʻljallangan diagnostik toʻplam ishlab chiqish ustida tadqiqotlarini boshladi va qisqa vaqt oraligʻida ushbu toʻplamlar ishlab chiqildi.

Ushbu diagnostik toʻplamning klinik sinovlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi laboratoriyalarida, shu jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining maxsus laboratoriyasida oʻtkazildi va ijobiy natijalarni koʻrsatdi. SARS-CoV-2 virusi RNK sini ajratishga moʻljallab ishlab chiqilgan ushbu toʻplam dunyoda ishlab chiqariladigan analoglari bilan taqqoslanganda sezgirligi, oʻziga xosligi, ayniqsa, kam vaqt talab qilishi (1 soat), qulayligi va arzonligi (kamida 30% ga arzonroq) kabi ustunliklarga ega.

Ushbu toʻplam Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi” DUK tashkilotida “ENKOR” nomi bilan roʻyxatdan oʻtkazildi va syeriyali ishlab chiqarish uchun ruxsat berildi. Bundan tashqari, ushbu toʻplam yordamida gepatit V, gepatit C, odam immun tanqisligi virusi (VICH) RNK/DNKsini ajratish mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi matbuot xizmati. Ishlab chiqilgan diagnostik toʻplamlar mamlakatimizga xorijdan keltiriladigan narxdagi toʻplamlarning oʻrnini bosishga imkoniyat yaratadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech