02 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,8 °C

Sport
28 Dekabr  2018 2401

Oʻzbekistonda “Yilning eng yaxshi sportchisi” aniqlandi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida maxsus komissiya tomonidan 2018-yil yakunlariga koʻra mamlakatimizning eng yaxshi sportchisi aniqlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qiladi.

Joriy yilda oʻtkazilgan jahon chempionatlari, Indoneziya mezbonlik qilgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarida hamda Argentina qabul qilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi III Olimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan 28 nafar hamyurtimiz “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy kubogiga daʼvogar sifatida eʼtirof etilgandi.

Nomzodlar orasida koʻplab xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashgan nomdor sportchilarimiz: Bekzod Abdurahmonov, Moʻminjon Abdullayev, Diyorbek Oʻrozboyev, Isroil Madrimov, Svetlana Radzivil, Vadim Menkov, Denis Istomin kabi yulduzlar ham bor edi.

Ammo “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy kubogiga boshqa bir sportchi loyiq ko‘rildi. 1-10-noyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 102 kilogrammgacha vazn toifasida dast koʻtarishda jahon rekordini yangilab, oltin medal bilan taqdirlangan Akbar Joʻrayev mamlakatimizda “Yilning eng yaxshi sportchisi” deb e’tirof etildi.

Oʻsha chempionatda 19 yoshli atletimiz ikkikurashda yoshlar o‘rtasida jahon rekordini yangilab, amaldagi olimpiya o‘yinlari chempioni hamda yoshlar o‘rtasida jahon chempioni kabi kuchli raqiblarni ortda qoldirgandi. Shuningdek, Akbar Jo‘raev shu yilning bahorida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan, yozda esa yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Akbar Joʻrayev “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy kubogi, belgilangan namunadagi guvohnoma hamda 10 ming AQSH dollariga teng miqdoridagi pul mablagʻi bilan taqdirlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech