30 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,2 °C

Harbiy
22 Iyul  2020 1158

Oʻzbekistonda yengil zirhli avtomobillar ishlab chiqariladi

Milliy armiyamizni qurol va harbiy texnikaning zamonaviy turlari bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mudofaa sanoati qoʻmitasi mamlakatimizning maxsus uskunalar ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi korxonalaridan biri “Kran va Maxsus Texnikalar” MCHJ bilan hamkorlikda “Tarlon” (4×4) rusumli yengil zirhli avtomobilning tajriba namunasini ishlab chiqardi.

“Tarlon” YEZA shaxsiy tarkibni tashish, xavfli hududlarda maxsus topshiriqlarni bajarish, mobil guruhlar va blok postlarga olovli madad berish, jangovar patrullik vazifasini bajarish, qoʻshinlarni va avtotransport kolonnalarini himoya qilish, ekipaj va desantni oʻq va portlashlardan himoya qilishga moʻljallangan.

Taʼkidlash joizki, oʻzining texnik va jangovar xususiyatlari bilan yengil zirhli avtomobil yetakchi xorijiy davlatlarning shu turkumdagi yengil zirhli avtomobillaridan qolishmaydi, deb xabar beradi qoʻmitaning matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech