14 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,3 °C

Xavfsizlik
2 Yanvar  2019 2822

O‘zbekistonda yangi moliyaviy piramida – ko‘rshapalak uyasi ommalashmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Feysbuk sahifalarida yangi moliyaviy piramida — ko‘rshapalak uyasi ommalashmoqda.

Telegrammdagi “Davletov.uz” kanali xabariga ko‘ra, keyingi oylarda odamlar orasida, bozorlarda, choyxonalarda hech kim tanimagan, ilgari hech kim ko‘rmagan odamlarning ko‘rshapalak uyasi sotib olayotganliklari, bu orqali katta pul ishlash mumkinligi borasida ajabtovur gaplar paydo bo‘lmoqda.

“Oldindan ogohlantiramiz: bu moliyaviy piramida. Bu kabi oldi-sotdi ob’ekti qobig‘ida o‘ralgan chalg‘ituvchi piramidalar ilgari giryalar va tikuv mashinalari misolida namoyon bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, ko‘rshapalak uyasi ham, girya ham, eski tikuv mashinalari ham qiymat manbai emas, ularni sotib olish orqali iqtisodiy, numizmatik yoki tarixiy qo‘shimcha qiymat yaratilmaydi.

Sovun pufagi singari shishiriladigan bu kabi sxemalardan faqat piramida fundamentida turganlargina manfaatdor bo‘ladilar, piramida hayotining qolgan barcha bosqichlarida qo‘shilganlar faqat qurbon bo‘lish funksiyasini bajaradilar”, - deb ogohlantiriladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech