25 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,8 °C

Harbiy
24 Yanvar  2019 1325

O‘zbekistonda yangi harbiy institut tashkil etildi

O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu sohada harbiy-ilmiy tadqiqotlarni tashkillashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekistondagi birinchi harbiy institut Mudofaa vazirligining davlat oliy harbiy ta’lim muassasasi bo‘lib, u oltita yo‘nalish bo‘yicha taktik bo‘g‘indagi ofitser kadrlarni ikki yillik tayyorlashni amalga oshiradi:

Aloqa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;

Maxsus aloqa va davlat sirlarini muhofaza qilish taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;

Axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;

Radioelektron razvedka va kurash taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;

Havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;

Havo hujumidan mudofaa zenit-raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi.

Shuningdek, yangi tashkil etilgan harbiy institut Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnoma bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech