24 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,4 °C

Tashvishli xabar
16 Mart  2020 2244

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 6 nafarga yetdi

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar son 4 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 6 nafarga yetdi.

Ma’lumki, shu yilning 15 mart kuni Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanganini xabar qilgan edik. Tahlil natijalari bemorning o‘g‘li va qizida koronavirus infeksiyasi borligini ko‘rsatgan edi. Ayni paytda ushbu fuqaroning turmush o‘rtog‘i va nabirasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

Shuningdek, shu yilning 15 mart kuni soat 05:15 da “O‘zbekiston havo yo‘llari” avia kompaniyasiga  qarashli Istanbul–Toshkent yo‘nalishidagi 274- reys bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham ushbu infeksiya aniqlangan. Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat o‘rnatildi.

Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech