19 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -2,6 °C

Xalqaro munosabatlar
30 Iyul  2019 747

Belarusda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar yarmarkasi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi arafasida joriy yilning 29-30-iyul kunlari Minskda O‘zbekiston-Belarus hududlararo I-Forumi o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.

Forum doirasida O‘zbekiston-Belarus Qishloq xo‘jaligi vazirliklari huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazlari tomonidan 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi  imzolandi.

So‘nggi yillarda Toshkent va Minsk o‘rtasidagi aloqalar jadal rivojlanib bormoqda. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi tovar aylanmasi 20 foizga ortgan. Forum davomida bunday yuqori ko‘rsatkichga erishishning asosiy sababi mintaqalararo hamkorlikning yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi ta'kidlab o‘tildi.

Forum o‘z ishini uchta seksiyaga bo‘lingan holda olib bormoqda. Birinchi yo‘nalish – bu sanoat kooperatsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan. Ikkinchi seksiyada agrosanoat kompleksi, oziq-ovqat sanoati va xavfsizligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari masalalari muhokama qilinmoqda. Uchinchi seksiyada esa ishtirokchilar O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi insonparvarlik, axborot-kommunikatsiya va ilm-fan sohasidagi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqmoqdalar.

Forum yakunida ikki tomon mintaqalari o‘rtasida 20 ga yaqin hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, forum doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech