13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Salomatlik
14 Iyul  2020 3136

Oʻzbekistonda COVID-19ni uyda davolash boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqildi

Koronavirus infeksiyasining yengil formasi bilan kasallanib, uyida davolanayotgan bemor oʻzini qanday tutishi kerak, u bilan birga yashayotganlar nimalarga eʼtibor berishi kerak, ahvolini nazorat ostida ushlab turishda nima yordam beradi? Bunday savollarga Oʻzbekiston Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi tomonidan ishlab chiqilgan Klinik qoʻllanma javob topishga yordam beradi.

Dastavval shunga eʼtibor qaratamizki, har qanday kasallikni shifokor nazorati ostida davolash lozim! Qoʻllanmada koʻrsatilganidek, “uyda davolanish jarayonida bemor bilan shifokor oʻrtasida oʻzaro munosabat yoʻlga qoʻyilgan boʻlishi zarur”.

Mazkur hujjat ustida Milliy palata ekspertlari tomonidan olib borilgan ish joriy yil 30-iyunda yakuniga yetkazilgan va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan maʼqullangan, yaʼni shifokorlar ham, bemorlar ham unga qarab ish tutsa boʻladi.

Yana shunisi ham muhimki, ushbu Klinik qoʻllanma Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga muvofiq tayyorlangan.

Soʻngi maʼlumotlarga qaraganda, koronavirus bilan kasallangan bemorlarning 40 foizida kasallik yengil kechadi.

Bunda shuni bilish muhimki, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanganligi laboratoriya tomonidan tasdiqlangan, yoki shunday ehtimol mavjudligi, yoki shunday holatga shubha uygʻotgan barcha shaxslar virusning yana-da tarqalishini olish maqsadida uyda oʻzini oʻzi yakkalashi lozim boʻladi.

“COVID-19 ning yengil formasi bilan kasallangan bemorlarni davolash boʻyicha Vaqtinchalik klinik qoʻllanma”da kasallikning yengil kechishiga xos boʻlgan asosiy kasallik belgilari sanalib oʻtgan.

Hujjatning alohida boʻlimi sifatida “Bemor va uning oila aʼzolari uchun tavsiyalar” ajratilgan. Bu yerda, xususan, “Bemorni parvarish qiladigan shaxslar soni chegaralangan boʻlishi lozim. Aslida sogʻligi mustahkam, asoratli kasalliklarsiz yoki immuniteti past boʻlmagan bir kishi tanlanishi lozim”ligi koʻrsatiladi.

Bevosita COVID-19 ning yengil formasi bilan kasallangan bemorni davolashga kelsak, Klinik qoʻllanmaga muvofiq, “simptomatik davolash: isitmasi koʻtarilganda yoki ogʻriqni pasaytirish uchun haroratni tushiradigan dori vositalari, holatga mos ovqatlantirish va suv balansini ushlab turish” tavsiya etiladi.

Shuningdek, jumladan rinitni uyda davolash uchun, burun bitganda va boshqa bir qator holatlarda yana boshqa tavsiyalar ham berilgan. Kasallikning yengil turida yaxshi ovqatlanish kerak boʻladi, albatta, iliq holda.

Zudlik bilan tibbiy yordam talab qilinadigan xavotirli alomatlarga eʼtibor qaratiladi. Jumladan, bosh aylanishi, nafas olishning ogʻirlashishi, koʻkrakda ogʻriqning paydo boʻlishi, organizmning qurib ketishi va boshqalarga.

“COVID-19 ning yengil formasi bilan kasallangan bemorlarni davolash boʻyicha Vaqtinchalik klinik qoʻllanma” nafaqat shifokorlar va bemorlar uchun muhim hujjat hisoblanadi, shu bilan birga COVID-19 haqidagi bilimlar bilan qiziquvchilar uchun isbotlangan tibbiyot va xalqaro tajribaga asoslangan keng axborot manbai ham boʻlib xizmat qiladi, deb xabar beradi Milliy palatasi matbuot xizmati.

Qoʻllanma bilan ishlab chiqaruvchilarning — Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasining https://uzhealth.uz/ru/menu/natsionalnye-klinicheskie-protokoly sayti orqali tanishi mumkin.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech