19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,3 °C

Yashil sayyora
24 Yanvar  2019 2636

O‘zbekistonda beshinchi siyosiy partiya ro‘yxatga olindi

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Yangi partiyaning asosiy maqsadi barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta'minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash har bir fuqaroning vazifasi bo‘lishiga erishishga ko‘maklashishga qaratilgan.

Shu munosabat bilan, Adliya vazirligida O‘zbekiston Ekologik partiyasi faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Uchrashuvda partiya Markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisiga partiya davlat ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim qilindi.

Ma’lumot uchun, dunyoda ekologiya yo‘nalishidagi qariyb 100 ta siyosiy partiya faoliyat yuritadi. Odatda “yashillar” nomi bilan yuritiluvchi bu partiyalar, parlament orqali ekologiya sohasidagi davlat siyosati g‘oyalarini ilgari suradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech