23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24 °C

Mamlakatimizda
4 Yanvar  2019 1311

O‘zbekistonda 13 ta yangi masjid ochildi, 39 tasi yangidan qurildi

Yakuniga yetgan yilni sarhisob etish, ish faoliyatni tahlil qilish, rejalar tuzib, boshlangan yil uchun mustahkam poydevor tayyorlash yaxshi an’anaga aylangan. Har bir yilning o‘ziga xos nomda atalishi esa davlatimiz taraqqiyotining muhim asosi bo‘lmoqda.

Yurtboshimizning diniy-ma’rifiy sohani takomillashtirish to‘g‘risidagi bir qator farmon va qarorlari asosida:

– Xalqaro islom akademiyasi ta’sis etildi;

– Xalqaro Islom sivilizatsiya markazi tashkil etildi;

– “Vaqf” xayriya jamoat fondi tuzildi;

– Hadis ilmi maktabi nomli oliy diniy ta’lim muassasi ish boshladi;

– masjid-madrasalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir qator imtiyoz va yengilliklar berildi;

– 13 ta yangi masjid ochildi, 39 tasi yangidan qurildi, 100 ga yaqini kapital ta’mirlandi;

– Haj qiluvchilar soni 7200 dan oshdi, umra safariga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi mumkin bo‘ldi;

– Ramazon oyida 1149 ta masjidda xatmi Qur’on o‘tkazildi;

– “Qur’oni karim va tajvid” hamda “Arab tili” kurslari tashkil etildi, bundan elu xalqimiz juda ham mamnun bo‘ldi.

Diniy sohada amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni butun dunyo hamjamiyati e’tirof etmoqda. AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonda diniy erkinlik yo‘lidagi ishlarni tan oldi. BMT sessiyasida O‘zbekiston tashabbusi bilan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” nomli muhim hujjat qabul qilindi.

Yurtimiz ulamolari xalqaro anjumanlarda munosib ishtirok etdi. Saudiya Arabistoni, Fransiya, Ispaniya, Rossiya, Turkiya va boshqa ko‘plab davlatlar mezbonlik qilgan nufuzli xalqaro tadbirlarda o‘zbekistonlik vakillar muvaffaqiyatli qatnashdi.

Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham o‘zining munosib hissasini qo‘shishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xususan, “Vaqf” xayriya jamoat fondi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarini qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda jamiyatni ijtimoiy rivojlantirish loyihalarini ham hayotga tadbiq etishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Sarmoyadorlar bilan ham hamkorlik o‘rnatishni nazarda tutgan.

Mehrangiz Usmonova

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech