27 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,5 °C

Sport
15 Yanvar  2019 2488

O‘zbekiston - Yaponiya uchrashuvini BAAlik Muhammad Abdulla boshqaradi

17-yanvar kuni Osiyo Kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Al-Ayn shahridagi “Xalifa bin Zayd” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur bahsni BAAlik hakam Muhammad Abdulla Hasan Muhammad boshqarib boradi. Unga yon chiziqlarda hamyurtlari Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla va Hasan Muhammad Hasan Abdulla yordam berishadi. 

Darvoza ortida BAAlik boshqa bir hakam Ammor Junaybiy va iroqlik Ali Sabah Ad-Day Al-Qaysiy ishlaydi. To‘rtinchi hakam Xu Vey Min - Xitoydan. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech