05 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Transport
13 Iyul  2020 356

Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida transport sohasidagi bitimlarning kuchga kirishi toʻgʻrisida

Oʻzbekiston va Turkiya Yoʻlovchi va yuklarni avtomobilda xalqaro tashish toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim (2020 yil 8 avgustdan eʼtiboran kuchga kiradi) hamda Yuklarni xalqaro aralash tashish toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim (2020 yil 9 iyuldan eʼtiboran kuchga kirdi) kuchga kirishi uchun ratifikatsiya jarayonlarini tugalladi.

Mazkur xalqaro shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga tashrifi davomida 2017-yil 25-oktyabrda imzolangan.

Yoʻlovchi va yuklarni avtomobilda xalqaro tashish toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim qoidalari bilan ikki davlat hududi boʻylab va ular hududlari orqali tranzit tarzda, shuningdek, uchinchi davlatlarga va uchinchi davlatlardan transport tashuvlarini amalga oshirishning tartibi va shartlari belgilangan.

Hujjat bilan yoʻl yigʻimlari toʻlovisiz yuklarni xalqaro tashish uchun oʻzaro kelishilgan miqdorlarda ruxsatnomalarni teng shartlarda yillik almashish nazarda tutilmoqda.

Bitim xalqaro avtotashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishga, yuklarni avtotransportda oʻzaro tashish hajmini oshirish orqali ikki mamlakat oʻrtasida savdo aloqalarini yana-da rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.

Yuklarni xalqaro aralash tashish toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida, shuningdek, ularning hududlari orqali tranzit tarzda temir yoʻl, suv va avtomobil transportida qisman amalga oshiriladigan yuklarni tashishga nisbatan tatbiq etiladi.

Ushbu Bitimning bosh ustuvor jihati yuklarni tashishning butun yoʻli boʻylab, garchand bunday tashishda bir qancha transport turlari qatnashsa ham, yuklarni yagona tashish hujjati (ruxsatnoma) boʻyicha yetkazib berish hisoblanadi.

Yuklarni aralash tashishlarning Bitim doirasida huquqiy tartibga solinishi ikki mamlakat oʻrtasida tovarlarni oʻzaro yetkazib berishning uzviyligini taʼminlaydi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech