20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,1 °C

Sport
28 May  2019 899

O‘zbekiston va Suriya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi vaqti o‘zgardi

Xabaringiz bor joriy yilning 11-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. 

Uchrashuv boshlanish vaqti avvaliga 11-iyun kuni soat 20:30ga belgilangandi. Ammo keyinchalik Suriya terma jamoasining iltimosiga ko‘ra soat 18:30ga ko‘chirildi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Sababi Suriya terma jamoasi ortga qaytish chiptalarini almashtirdi. Ular o‘sha kunning o‘zida yarim tundagi reys bilan vatanlariga qaytadigan bo‘lishdi. Shu sababli samolyotga kech qolmaslik uchun o‘yinni ertaroq o‘tkazishni so‘rab murojaat qilishdi. Ularning bu murojaati O‘FA tomonidan ijobiy hal qilindi.
Shu kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Namanganda Misr olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. “Sport TV” 11-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan har ikkala o‘yinni jonli translyasiya qilishni rejalashtirgani uchun O‘zbekiston OTJ - Misr OTJ o‘yinining boshlanish vaqti soat 20:30ga ko‘chirildi.  Shu tariqa muxlislar har ikkala o‘yinni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech