15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Biznes
25 Oktyabr  2019 397

O‘zbekiston va Shveytsariya savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlantiriladi

Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston va Shveytsariya o‘rtasida o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston-Shveytsarii biznes forumi va «V2V» uchrashuvi tashkil etildi. 

Ushbu biznes forumda sog‘liqni saqlash, savdo, logistika, arxitektura va bank sohalarida ish olib boruvchi 15 dan ortiq Shveytsariya kompaniyalarining vakillari ishtirok etdi.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, Shveytsariya va MDH mamlakatlari Savdo palatalari ittifoqi prezidenti Gay Mettan, Jeneva savdo va xizmat ko‘rsatish palatasi va SSIG xizmat ko‘rsatish palatasi bosh direktori Vinsent Subiliya, shuningdek boshqa Shveytsariya tashkilotlari vakillari so‘zga chiqdi.

Tadbir davomida Shveytsariya delegatsiyasi vakillari O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishning ijobiy dinamikasini ta'kidlab, respublikamiz hukumatining iqtisodiyotning turli sohalarini erkinlashtirish, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan zarur shart-sharoitlarni yuqori baholadilar.

Ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi «V2V» uchrashuvida O‘zbekiston va Shveytsariya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari, jumladan, ikki mamlakat korxonalarining hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech