24 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,8 °C

Madaniyat
15 Yanvar  2020 588

O‘zbekiston va Malayziya muqaddas Ramazon oyida O‘zbekiston haqida 10 qismli film namoyish etadi

2020-yilning 14-yanvar kuni O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida «O‘zbekkino» milliy agentligi bosh direktori Malayziya davlat teleradiokompaniyasi (Radio Televisyen Malaysia – RTM) rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi xabar qilmoqdi.

Tomonlar O‘zbekiston haqidagi 10 qismli hujjatli filmni birgalikda yaratish bo‘yicha loyihani, keyinchalik Malayziyaning yetakchi telekanallarida TV1 va TV2da namoyish etishni muhokama qildilar. Ushbu loyihani suratga olish ishlari shu yilning fevral-mart oylarida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivada rejalashtirilgan. Hujjatli serial 2020 yilning may oyida, musulmonlarning muqaddas Ramazon oyi davomida, praymvaqtda namoyish etiladi.

«Bizning qo‘shma loyihamiz malayziyalik tomoshabinlarni xalqimizning tarixi, urf-odatlari, madaniyati va so‘nggi uch yil ichida mamlakatimizda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar bilan tanishtiradi. Islom dini tinchlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik dini ekanligini yorqin tarixiy dalillar bilan bir qatorda, mamlakatimiz aholisining turmush tarzi misollari bilan namoyish etish muhim vazifadir. Shuning uchun ham bizning hamkorligimizda buyuk mutafakkir va olimlar - Imom al-Buxoriy, Termiziy, al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa buyuk ajdodlarimiz jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissalariga e'tibor qaratmoqdamiz, - deydi «O‘zbekkino» rahbari.
Uchrashuvda boshqa qo‘shma O‘zbekiston-Malayziya loyihalarini amalga oshirish mexanizmlari va tashkiliy jihatlari ham muhokama qilindi.

Shunday qilib, Malayziyaning Aquiula Emas medi kompaniyasi RTM ko‘magi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun GLOB deb nomlangan sayyohlik dasturini suratga olishni rejalashtirmoqda, unda 5 qism O‘zbekistonga bag‘ishlanadi. Film «O‘zbekkino» milliy agentligi bilan hamkorlikda suratga olinadi va Malayziyaning TV2 telekanalida praym vaqtda namoyish etiladi.

«RTM» - bu 36 ta radio va 3 ta televizion kanallardan iborat bo‘lgan Malayziyadagi eng yirik jamoat teleradiokompaniyasi. Kanallar auditoriyasi soni o‘rtacha 25 million kishini tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekkino» milliy agentligi ko‘magi bilan o‘tgan yilning oxirida taniqli amerikalik jurnalist Rain Chilkot va Britaniyaning I-Motus kompaniyasi bilan O‘zbekiston haqidagi oltita hujjatli filmni yaratish bo‘yicha xalqaro loyiha boshlangan edi, ular dekabr oyi oxirida Amerikaning yetakchi CNBC telekanali praym vaqtida namoyish etildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech