21 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Transport
27 Fevral  2019 1240

“O‘zbekiston temir yo‘llari” xalqaro yo‘nalishlarga chegirmalar joriy etdi

Uzoq masofalarda harakatlanuvchi poezdlarda yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida chegirma va imtiyozlar joriy etildi, deb xabar qildi “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati.

 

Qayd etilishicha, yo‘lovchilar Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududlaridan o‘tadigan xalqaro yo‘nalishdagi poezdlarda mazkur chegirmalardan foydalanishi mumkin.

 Muddatidan oldin chiptani xarid qilish vaqti bo‘yicha quyidagilar belgilanadi:

- chipta poezdning jo‘nash kunidan 45–41 kun oldin xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 55 foiz;

-  chipta poezdning jo‘nash kunidan 40–31 kun oralig‘ida xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 45 foiz;

-  chipta poezdning jo‘nash kunidan 30–6 kun oldin xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 35 foiz

- chipta poezdning jo‘nash kunidan 45–41 kun oldin xarid qilinsa, platskart  vagonlar uchun 45 foiz;

- chipta poezdning jo‘nash kunidan 40–31 kun oralig‘ida xarid qilinsa, platskart vagonlar uchun 35 foiz;

- chipta poezdning jo‘nash kunidan 30–6 kun oralig‘ida xarid qilinsa, platskart vagonlar uchun 25 foiz.

Poezd jo‘nashiga qancha kam vaqt qolishiga qarab chegirmalar ham kamayib boradi. Besh kun qolganda esa chiptalar belgilangan narxda sotiladi. Belgilangan chegirmalar mahalliy yo‘nalishlarda joriy etilmaydi.

Yuqoridagi imtiyozlar, chegirmalar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Qazakstan temir jo‘li milliy kompaniyasi” AJ, “Rossiya temir yo‘llari” OAJ temir yo‘li ma’muriyati bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Hozirda yo‘lovchi poezdlari Toshkent—Moskva, Andijon—Moskva, Toshkent—Qozon, Toshkent—Urganch—Volgagrad, Toshkent—Urganch—Moskva, Toshkent—Urganch—Saratov, Toshkent—Novosibirsk, Toshkent—Ufa, Toshkent—Chelyabinsk, Toshkent—Olmaota, Nukus—Beyneu hamda Nukus—Olmaota yo‘nalishlarida qatnamoqda. Shuningdek, Toshkent—Bishkek—Baliqchi, Samarqand—Ostona mavsumiy yo‘nalishlari ham mavjud. Bundan tashqari aksiyadorlik jamiyati tomonidan xalqaro kelishuv asosida O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi Kulob—Moskva, Dushanbe—Moskva va Xo‘jand—Moskva yo‘nalishlarida qatnayotgan yo‘lovchi poezdlariga ham xizmat ko‘rsatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” 2019-yilning 1-martidan boshlab “Afrosiyob” tezyurar poezdlaridan tashqari barcha mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poezdlar chiptalarining narxi 20% ga oshishini ma’lum qilgani haqida xabar qilgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech