07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,2 °C

Transport
18 Dekabr  2019 1178

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ qishki ta'tildagi chegirmalar bo‘yicha ma'lumot berdi

Yo‘lovchilar, xususan, talabalar hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilaridan kelib tushayotgan murojaatlar soni ortib borayotganligi sababli, qishki ta'til vaqtida mahalliy yo‘nalishdagi poezdlarga (borib-kelishga) taqdim etilayotgan imtiyozlar xususida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ quyidagilarni ma'lum qiladi.

Ta'kidlash lozimki, har yili ikki haftalik qishki ta'til o‘tkaziladigan kunlarda O‘zbekiston Respublikasi OTM talabalari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari o‘quvchilari uchun qishki ta'til vaqtida taqdim etiladigan chegirmalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga (1992-yil 22-dekabrdagi) muvofiq yilning oxirgi to‘rt kun va yangi yilning birinchi o‘n kuni davomida belgilangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi bayoniga muvofiq, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar talabalari va o‘quvchilarining doimiy  yashash  joylariga borib kelishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida joriy yilning 14 dekabridan 20 dekabriga qadar va 2020-yilning 2-yanvaridan 7-yanvarigacha bo‘lgan davr uchun chiptaning tarif qismidan 50% miqdorida chegirma beriladi.

Avval rasmiy e'lon qilingan muddat (ya'ni, 16.12.2019-yildan 22.12.2019-yilgacha hamda 28.12.2019-yildan 06.01.2020-yilgacha) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bayonnomasi imzolanishidan oldin belgilanganligini ma'lum qilamiz.

Yo‘lovchilar bilan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ o‘rtasida yuzaga kelgan tushunmovchiliklar sababli va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech