14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,2 °C

Hukumat
31 Oktyabr  2019 589
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibini qabul qildi

31-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevni qabul qildi. 

 

Prezidentimiz mehmonni samimiy qutlar ekan, ikki davlat rahbarlarining muntazam va samarali muloqoti tufayli so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal sur'at bilan rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Nikolay Patrushev, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun sidqidildan minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikka oid, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish istiqbollari muhokama qilindi.

Xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik qilish, harbiy va harbiy-texnik sohalarda amaliy sheriklikni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech