22 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,3 °C

Hukumat
28 Yanvar  2019 1367

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi qarorlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi. 

Sunatulla Xusanovich Bekenov O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Laziz Shavkatovich Kudratov O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuhrat Abdusharifovich Vafaev O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, Shuhrat Vafaevga O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajarish ham yuklatilgan.  

Badriddin Nurutdinovich Abidov O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. 

Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.  

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech