11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,8 °C

investitsiyalar
22 Iyul  2020 344

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya faoliyatining 2020-yilning birinchi yarim yillik yakunlari

Joriy yilning yanvar – iyun oylarida oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 4,8 milliard dollarni, shu jumladan toʻgʻridan – toʻgʻri xorijiy investitsiyalar — 3,2 milliard dollarni va davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar — 1,6 milliar dollarni tashkil etdi.

Shu bilan birga, asosiy kapitalga kiritilgan toʻgʻridan — toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,6 milliard dollarni tashkil etib, 2019-yildagi shu koʻrsatkichga nisbatan 1,2 marotaba oʻsish surʼati kuzatildi. Toʻgʻridan — toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning umumiy investitsiya hajmidagi ulushi 29,5% gacha oʻsdi.

Hisobot davrida 494 ta loyiha ishga tushirildi: 28 ta yirik ishlab chiqarish korxonasi va 466 ta hududiy ahamiyatga ega sanoat obyektlari.

Oʻzbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni kiritish boʻyicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya davlatlari yetakchilik qildi, respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan mamlakatlarning umumiy soni 37 tani tashkil etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda elektrotexnika sanoati (2019-yilning shu davriga nisbatan oʻsish — 13 barobar), qurilish materiallari ishlab chiqarish (oʻsish – 3,6 barobar), AKT (oʻsish – 3,5 barobar) sohalari investorlar uchun eng jozibador boʻlib qoldi. Oziq-ovqat sanoati (oʻsish – 1,5 barobar), kimyo sanoati (oʻsish – 1,3 barobar) va toʻqimachilik sanoati (oʻsish – 1,6 barobar) ham yaxshi oʻsish dinamikasini koʻrsatdi.

Shu bilan birga, mintaqaviy ahamiyatga molik loyihalarga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilishning oʻsish tendensiyasi mustahkamlandi va hisobot davrida 2 milliard dollarni tashkil etib, 2019-yilning shu davriga nisbatan 1,05 barobarga oshdi. Umumiy summaning 1,6 milliard dollari asosiy kapitalga yoʻnaltirildi. Hududiy loyihalar doirasida investitsiyalarni oʻzlashtirish hajmi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar umumiy hajmining 62,3 foizini tashkil etdi.

Viloyatlar kesimida 2020-yilning birinchi yarmida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻsishining eng yuqori dinamikasi Namangan (1,6 barobar), Toshkent (1,6 barobar), Qashqadaryo (1,5 barobar) va Sirdaryo (1,4 barobar) viloyatlarida kuzatildi.

Umuman olganda, 2020-yil oxiriga qadar 2 mingdan ortiq ijtimoiy, infratuzilmaviy va sanoat obyektlari, shu jumladan 206 ta yangi yirik ishlab chiqarish obyekti, 240 ta hududiy ahamiyatga ega ishlab chiqarish obyekti hamda 1,6 mingga yaqin ijtimoiy va infratuzilmaviy obyektlari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech