20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Xalqaro munosabatlar
30 Aprel  2019 1302
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya Imperatoriga maktub yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Yaponiya Imperatori Akixitoga maktub yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari o‘z maktubida Imperator Akixitoning “Xeysey” deb nom olgan hukmronlik davri ulkan muvaffaqiyatlari bilan butun dunyoga tanilganini, bu davrda Yaponiya mustahkam tinchlik va har tomonlama taraqqiyotga erishgani, iqtisodiy jihatdan yetakchi davlatlar qatoriga kirgani, global jarayonlardagi nufuzi va roli salmoqli darajada yuksalganini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Imperatoriga O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida do‘stlik, hurmat va ishonch asosida o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qaratgan shaxsiy e’tibori va ko‘magi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech