21 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,5 °C

Xavfsizlik
9 Aprel  2019 884

O‘zbekiston Musulmonlar idorasida tupolon ko‘targan ikki shaxsga chora ko‘rildi

8-aprel kuni taxminan soat 11.00 da Toshkent shahar IIBBga O‘zbekiston Musulmonlar idorasidan ikki nafar noma’lum shaxslar jamoat tartibini buzganliklari to‘g‘risida ma'lumot kelib tushdi, deb xabar bermoqda bish boshqarma matbuot xizmati.

 

Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov bilan uchrashuvni tashkillashtirishni qo‘pol tarzda talab qilayotgan ikki nafar erkak kishini to‘xtatishgan.

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi ishchilarining ma'lum qilishlaricha, U.Alimov xizmat safarida bo‘lganligi sababli, idoraga kelgan ikki nafar erkaklar bilan idora raisining o‘rinbosari Abdulaziz Mansur uchrashgan. Ammo ular rais o‘rinbosari bergan javoblardan qoniqmasdan, idora xodimlariga qaratilgan turli xil haqoratomus o‘xshatishlar bilan o‘z talablarini izhor etishda davom etishgan. O‘zlarining har bir harakatlarini ular mobil telefonga, ijtimoiy tarqmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zatib, videoga olishgan. Ichki ishlar xodimlarining jamoat tartibini buzishni to‘xtatish va O‘zbekiston Musulmonlar idorasi xodimlari bilan konstruktiv suhbatga o‘tish to‘g‘risidagi qonuniy talablariga ikki nafar erkaklar qat'iy rad javobini berishgan. Shu munosabat bilan ularga nisbatan ma'muriy bayonnoma tuzildi.  

Olmazor tumani ma'muriy ishlar bo‘yicha sudi ushbu fakt bo‘yicha to‘plangan materiallarni o‘rganib chiqdi va tomonlar fikrlarini eshitib, 43 yoshli muqaddam bir necha bor sudlangan (shular qatorida firibgarlik uchun ham) R.K. va 47 yoshli A.T.larni O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (“Mayda bezorilik”) va 194-moddalarida (“Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topdi, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech