15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,4 °C

Turizm
23 Oktyabr  2019 546

O‘zbekiston musulmon ayol sayyohlar uchun eng qulay mamlakatlar o‘ntaligidan joy oldi

Singapurda o‘tkazilagan “Halal in Travel Asia” sammitida musulmon ayollar sayohatiga oid “Muslim Women in Travel 2019” hisoboti e'lon qilindi, deb xabar qiladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

“Mastercard” moliya tashkiloti va “CrescentRating” agentligi tomonidan e'lon qilingan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar orasida xavfsizlik va diniy bag‘rikenglik bo‘yicha yuqori o‘rinni zabt etgan mamlakatlar o‘ntaligidan joy olgan. Hisobotga ko‘ra, musulmon ayollar sayohati jahon turizm bozorida eng tez rivojlanayotgan segmentlardan hisoblanadi. Musulmon o‘lkalardagi ayollarning daromadlari oshib borayotgani va ularning ta'lim darajasi yuqori ekanligi ularni sayohatga chiqishga undamoqda, deyiladi hisobotda. Hisobotda O‘zbekistonning mazkur yo‘nalishda olib borayotgan ishlari haqida alohida ma'lumotlar taqdim etilgan. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulovning ta'kidlashicha, ziyorat turizmi O‘zbekistonda turizmning istiqbolli turlaridan hisoblanadi. Mamlakatga kelayotgan sayyohlar orasida musulmon sayyohlar soni avvalgi yilga qaraganda sezilarli darajada oshgani bilan ajralib turadi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech