17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Sport
8 May  2019 538

O‘zbekiston MTJ iyunda KXDR va Suriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyining boshida yuzaga keladigan FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil qiladigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Dastlab KXDR terma jamoasi bilan olib borilgan muzokara ijobiy yakunlandi.

Ektor Kuper boshchiligidagi jamoamiz 7-iyun kuni Toshkentda shimoliy koreyalik futbolchilarni qabul qiladi. Oradan 4 kun o‘tgach esa termamizni Umar al-Soma boshchiligidagi Suriya terma jamoasiga qarshi bahs kutib turibdi. Mazkur bellashuv ham poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning sentyabr oyidan boshlab 2022-yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralash bahslaridagi ishtirokini boshlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech