20 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,4 °C

Sport
15 May  2019 238

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi rahbar saylandi

Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining navbatdan tashqari Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

 

Bosh Assambleya ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, sport federatsiya va assotsiatsiyalarning rahbarlari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Unda kun tartibidan quyidagi 2 masala o‘rin oldi: shu davrgacha qo‘mitaga rahbarlik qilgan Umid Maxamadjanovich Ahmatdjanovning o‘z xohishiga ko‘ra iste'foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish va uning o‘rniga yangi rahbar saylash.

Assambleya davomida so‘zga chiqar ekan, Abdulla Aripov Tokio Olimpiadasiga oz fursat qolgani va sportchilarimizni bo‘lajak musobaqaga puxta tayyorlash, ishlarni yanada jadallashtirish, Olimpiya o‘yinlariga imkon qadar ko‘proq litsenziyalar qo‘lga kiritish bo‘yicha mutasaddilarga kerakli ko‘rsatmalarni berdi.

Shundan so‘ng, yig‘ilish ishtirokchilariga Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidentligiga O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi sifatida faoliyat olib borgan Rustam Mavzurovich Shoabdurahmonov nomzodi taklif qilindi. Assambleya ishtirokchilari bir ovozdan ushbu nomzodni qo‘llab quvvatlashdi va Rustam Shoabdurahmonov MOQ prezidenti etib saylandi.

“Avvalombor, menga bildirilgan yuksak ishonch uchun katta rahmat. Tushunib turibman, zimmamda juda mas'uliyatli va muhim vazifa turibdi. Tokio Olimpiadasiga ham oz fursat qoldi. Yangi vazifamda bor kuch-g‘ayratimni ishga solishga va'da beraman. Bu yo‘lda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, barcha federatsiyalar va assotsiatsiyalarni hamkorlikka va qo‘llab-quvvatlashga chaqirib qolaman”, – dedi Rustam Shoaburahmonov.

Shuning bilan MOQning navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi o‘z ishini yakunladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech