20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Sport
6 Iyun  2019 704

O‘zbekiston - KXDR uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor ertaga milliy tema jamoamiz KXDR termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Bugun terma jamoamiz bosh murabbiyi ishtirokida o‘yinoldi matbuot anjumani o‘tkazildi.

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper jurnalistlar savollariga javob berishdan oldin dastlab muxlislarga murojaat qildi.

“Futbol muxlislari doimo jamoadan ijobiy natija talab qilishadi. Bu tabiiy hol. Butun dunyoda shunday.  Agar natija yaxshi bo‘lsa, jamoani maqtashadi. Agar yutqazib qo‘yilsa, hamma tanqid qilishga tushadi. Buni men to‘g‘ri tushunaman. Lekin sizlar ham bir narsani to‘g‘ri tushunishingizni istayman. Biz FIFA reytingida yuqori o‘rinlarda borayotgan terma jamoalar bilan o‘ynashga harakat qilmoqdamiz. Mart oyida Urugvay bilan o‘ynadik. Ular FIFA reytingida 7-o‘rinda borishayotgandi. Yaqinda Turkiyaga qarshi bahs olib bordik. Bu jamoaning saviyasi ham yuqori. Biz O‘FAdan ataylab mana shunday kuchli jamoalarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilishni so‘ramoqdamiz. Sababi bu kabi o‘yinlarda kamchiliklarimizni ko‘rib olish, xatolarni tahlil qilish imkoniyati mavjud. Agar istasangiz FIFA reytingida 70-90 o‘rinlar orasidagi jamoalar bilan o‘ynab yuraveramiz. Bunday o‘yinlarda natijalar Siz kutgandek ijobiy bo‘ladi. Lekin biz bunda o‘zimizni aldab yurgan bo‘lamiz. Sentyabrda bizni rasmiy o‘yinlar kutib turibdi. Ana o‘sha o‘yinlarga qadar biz xatolarimizni ko‘rib, tahlil qilib olishimiz kerak. Shu sababli o‘rtoqlik o‘yinlaridagi natijalarga jiddiy ahamiyat qaratish kerak emas. Biz o‘zimiz tuzgan dastur asosida harakatlanyapmiz. Reja asosida oldinga intilmoqdamiz. Men uchun eng muhimi jamoada o‘zgarish bor. Jamoa a'zolarining kayfiyati yaxshi. Ular oldimizga qo‘yilgan vazifani uddalay olishimizga ishonishmoqda”,  – dedi Kuper.

Shundan so‘ng Kuper jurnalistlar savollariga javob berib o‘tdi.

“Biz o‘rtoqlik o‘yinlari orqali himoyada tartib o‘rnatishga harakat qilyapmiz. Turkiyaga qarshi o‘yinda atigi uchta xatoga yo‘l qo‘ydik. Ikkita golni standart vaziyatdan o‘tkazib yubordik. Bu hozircha bizning asosiy kamchiligimiz bo‘lib turibdi. Bu kamchilikni bartaraf etish yo‘lida ish olib bormoqdamiz. Turkiyaga qarshi o‘yindan qoniqish hosil qilganimni aytib o‘tdim. Bu o‘yinda ba'zi futbolchilar debyut o‘yinlarini o‘tkazishdi. Shunga qaramay, ular o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmadi. Tarkibga yangi jalb qilingan futbolchilarning o‘yinidan qoniqdim. Yana menga yoqqan ba'zi jihatlar bor. Lekin hozir bular haqida gapirib o‘tirmoqchi emasman. 
Terma jamoaga qaysidir futbolchi jalb qilinmasa, bu juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ladi. Biz barcha futbolchilarni kuzatib bormoqdamiz. Hattoki, Germaniyaning uchinchi divizionida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi haqida ham bilamiz. Ammo hozircha hamma futbolchini tarkibga jalb qilishning ilojisi yo‘q. Terma jamoaga hamisha eng munosiblarni jalb qilishga harakat qilamiz”, – dedi bosh murabbiy.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech