06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

OAV O‘zbеkiston haqida
28 Aprel  2020 520

O‘zbekiston jahon matbuoti nigohida

Amerika va Kanada OAV O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan choralarni faol yoritishda davom etyapti. 

Amerika va Kanada OAV O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, hamda koronavirus pandemiyasining asoratlarini yengillatishga  qaratilgan choralarni faol yoritmoqda, deb xabar beradi «Dunyo» AA.

«The New York Times» gazetasida «O‘zbekiston virus tufayli yopilganidan ba’zi savdo yo‘nalishlariga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat berdi» mavzusida maqola chop etilgan. Materialda mamlakatda koronavirus tarqalish darajasi aprel oyining o‘rtasida eng yuqori nuqtasiga yetgan va shundan beri yangi kasallanishlar holati kamayib bormoqda deyilgan. Aerika nashriyoti shuningdek, respublikaning virus tarqalish ehtimoli kam bo‘lgan ba’zi hududlarida ijtimoy yaqinlikni chegaralashni kamaytirganini eslatib o‘tadi. 

Maqolada bir qator savdo, ishlab chiqarish  va xizmat ko‘rsatish shaxobchalarining o‘z faoliyatini tiklagani haqida misolllar keltirilgan.

«Yahoo Finance» yangilik xizmati o‘z sahifalarida «O‘zbekiston ikki hududda koronavirus ta’qiqini bo‘shashtiradi» axborot materialini   joylashtirgan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati axborotiga tayanib, respublika asta-sekin Farg‘ona va Qashqadaryo kabi yirik hududlarda harakatni chegaralashni bo‘shashtirishni rejalashtiryapti deyiladi. 

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev faoliyatini tiklashi xavf-xatarni eng kam yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan iqtisodiyot sektorlari va hududlarni aniqlash topshirig‘ini bergan.

Bunda asosiy e’tibor davlat rahbarining ushbu qarorni 6 milliondan ortiq aholi yashaydigan ikki hududning iqtisodini qo‘llab-quvvatlash va u yerlarda ishsizlikni kamaytirish maqsadida qabul qilganligiga qaratilgan.

Kanadaning «The Financial Post»  gazetasi O‘zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlardan 3 milliard dollardan oshiq uzoq muddatli kredit va grant shaklidagi moliyaviy ko‘mak olish haqidagi dastlabki kelishuvga erishganini ta’kidlaydi. Undan tashqari O‘zbekiston Milliy bankining 2020-2021-yillarda yevroobligatsiyalar chiqarishni rejalashtirishiga e’tibor qaratilgan. Sharhlovchilar bunday operatsiyalardan tushgan mablag‘ koronavirus pandemiyasi asoratini yengillashtirishga va iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishini e’tirof etganlar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech