06 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,6 °C

OAV O‘zbеkiston haqida
17 Mart  2020 293

O‘zbekiston “iqtisodiy erkinlik” indeksida 26 pog‘ona ko‘tarildi

AQShning The Heritage Foundation tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Iqtisodiy erkinlik” indeksining 2020 yil uchun hisobotida O‘zbekiston 57,2 ball bilan 114-o‘rinni egalladi. Mamlakatimiz o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 26 pog‘ona yuqorilab, MDHga a’zo mamlakatlar orasida eng jadal o‘sishni qayd etdi.

Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur indeks xorijiy investorlar tomonidan doimiy ravishda kuzatilib boriladi va respublikaning indeksdagi o‘rni yuqorilashi tadbirkorlik muhitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimi oshishiga xizmat qiladi.

“Iqtisodiy erkinlik” indeksi to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha 12 ta tarkibiy ko‘rsatkichdan tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekiston investitsiyalar erkinligi bo‘yicha 20,0 ball (+10 ball), moliyaviy erkinlikda 20,0 ball (+10 ball), mulkchilik huquqi bo‘yicha 59,1 ball (+9,3 ball) natijaga erishgan. Tahlillar sud faoliyati samaradorligi, fiskal salomatlik, biznes, monetar va mehnat bozori erkinliklari bo‘yicha hali ko‘p ishlar qilish zarurligini ko‘rsatib turibdi.

The Heritage Foundation iqtisodiy tahlil markazi tomonidan 180 ta davlatning “Iqtisodiy erkinlik” indeksi 1995 yildan buyon e’lon qilinib kelinadi.

Rauf  NURULLAYEV

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech