26 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Xalqaro munosabatlar
17 Yanvar  2019 1556

O‘zbekiston elchisi Ispaniya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi

2019-yilning 16-yanvarida Madridda O‘zbekiston Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Jahongir G‘anievning Ispaniya qiroli Filipp VI ga ishonch yorlig‘ini topshirish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbatda O‘zbekiston-Ispaniya munosabatlarining dolzarb tomonlari muhokama qilindi, deya xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Suhbat chog‘i monarx o‘zaro ishonch, ikkiyoqlama va xalqaro kun tartibidagi asosiy masalalar  bo‘yicha pozitsiyalarning yaqinligi va o‘xshashligiga yuksak baho berdi. U Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan «EKSPO-2017» xalqaro ko‘rgazmalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘pqirrali hamkorlikni kelgusida yanada kengaytirish va chuqurlashtirish muhokama etilgan uchrashuviga alohida to‘xtaldi.

Uchrashuv so‘nggida Ispaniya qiroli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘z hurmat-ehtiromini izhor etib, samimiy tilaklarini yetkazishni so‘radi.

O‘z axborotimiz.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech