03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,6 °C

Turizm
4 Fevral  2020 1712

O‘zbekiston dunyoning turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan mamlakatlari safida!

Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO)ning so‘nggi ma’lumotlariga  ko‘ra, O‘zbekiston turizm sohasi eng jadal sur’atlarda rivojlanayotgan top-20 mamlakat ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Bugun mamlaktimiz unday davlatlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan. «Independent» nashrining shu haqidagi maqolasidagi ro‘yxatda Ozarboyjon hamda Qozog‘iston mamlakatlari ham keltirilgan bo‘lib, ular o‘z o‘rnida 17 va 20-o‘rinlarni egallagan. 

UNWTO statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda dunyo bo‘ylab xorijiy safarlar 1,5 milliardga yetgan, hamda bu ko‘rsatkich 2018-yilga nisbatan to‘rt foiz yuqori natijani qayd etgan. Fransiya 90 milliondan ziyod sayyoh tashrif buyurgan mamlakat sifatida eng yuqori natijani ko‘rsatgan, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech