07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,2 °C

Mamlakatimizda
31 Yanvar  2020 778

«O‘zbekinvest» qayta tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan  «O‘zbekinvest»  eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.

Qaror asosida mazkur tuzilma «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati etib qayta tashkil etildi.

Endi u eksportni sug‘urta bilan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks xizmatlar ko‘rsatadi. Shu jumladan, xaridorning krediti, qisqa muddatli debitorlik qarzi, yetkazib beruvchining krediti, eksportchining aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun berilgan kredit, qolaversa, eksportni sug‘urta bilan qo‘llab-quvvatlashning boshqa instrumentlarini taqdim etish bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning eksport hajmi hamda xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar kiritayotgan sarmoyalar ko‘paymoqda. Bu esa, tabiiyki, sug‘urta himoyasi mexanizmlarini takomillashtirishni talab etyapti, deb xabar beradi O‘zA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech