20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,1 °C

Mamlakatimizda
20 Iyun  2019 1058

O‘zbekictonda bolalar ombudsmanini tashkil etish taklif etildi

Toshkentda “O‘zbekistonda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning bajarilishini tashkil etish masaallari bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash ish natijalarini sarhisob qilish uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda mustaqil Bolalar huquqlarini himoya qiluvchi Ombudsmanni tashkil etish masalasi O‘zbekistondagi YUNISEF vakolatxonasining rahbari Sasha Graumann tomonidan ilgari surildi.

– Bolalar obmbudsmani parlamentga hisobot berib, uning asosiy vazifasi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan bolalarning huquqlarini himoya qilishga qaratiladi. Shu bilan birga ular bolalalarning o‘zi va ularning nomidan taqdim etilayotgan shikoyatlar bilan ishlash mexanizmini yanada kuchaytiradi, – dedi Sasha Graumann.

Joriy yilda “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning qabul qilinganligiga 30 yil to‘ladi. 1989-yilda imzolangan Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin ratifikatsiya qilgan eng birinchi xalqaro-huquqiy hujjatlardan hisoblanadi. 1992-yilda mazkur Konvensiyaga qo‘shilib, O‘zbekiston bola huquq va erkinliklarini ta'minlash bo‘yicha bir qancha xalqaro-huquqiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.

Bugungi kunda  bolalar ombudsmani Rossiya, Boliviya, Belgiya, Avstriya, Serbiya, Estoniya, Niderlandiya, Tojikiston va boshqa qator mamlakatlarda mavjud. Uning paydo bo‘lishi asosan dunyo mamlakatlari bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilishgani bo‘lsa, yana bir sabablardan bir jahonda bolalarning ijtimoiy himoyalanmaganligi ortib borayotganligidir.  Masalan, Buyuk Britaniyada bolalar ombudsmeni mustaqil institut bo‘lib,  Buyuk Britaniyada hech bir davlat organ, hattoki, Parlamentga ham bo‘ysinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) kotibiyati mudiri Saidbek Azimovning fikricha, bolalar ombudsmani, avvalo, bolalar huquqlari himoyasining parlament nazoratini ta'minlaydi. Voyaga yetmaganlarning yashash sharoitlari o‘rganiladi, bolalarning individual shikoyatlari bo‘yicha surishtiruv olib boradi, hamda mamlakatdagi mavjud bola huquqlarini himoya qiluvchi  tashkilotlar faoliyatini to‘ldiradi. Bolalar Ombudsmani mamlakat parlamenti oldida doimo hisobot berib, O‘zbekitonda davlat  va nodavlat tashkilotlari tomonidan bolalarning huquqlarini himoyasi qanday amalga oshirilayotganini nazorat qilib boradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech