19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,5 °C

Energetika
28 Mart  2019 1096

“O‘zbekenergo” AJ qayta tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ-4249, 27.03.2019 y.) qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq, “O‘zbekenergo” AJ quyidagilar orqali qayta tashkil etiladi

  • issiqlik elektr stansiyalari hamda elektr markazlarni boshqaruvchi “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati;
  • “O‘zelektrtarmoq” UK va “Energosotish” filiali negizida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati;
  • elektr energiyani yakuniy iste'molchilarga taqsimlovchi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati.

Shuningdek, “O‘zbekenergo” AJ tarkibiga kiruvchi 10 ta xo‘jalik jamiyatlari qayta tashkil etiladi va tugatiladi.

Energetika vazirligi qoshida Loyiha ofisi tashkil etildi.

Loyiha ofisiga energetika vazirining elektr energetika tarmog‘ini nazorat qiluvchi o‘rinbosari boshchilik qiladi.

2019-2021-yillarda elektr energetika tarmog‘i raqamlashtiriladi.

Qarorga muvofiq 2020-2030-yillarda mamlakatning yoqilg‘i-energetika ta'minoti konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Energetika vazirligining “Qishloqenergoloyiha” AJ negizida 0,4 kVdan 500 kVgacha kuchlanishli barcha tipdagi elektr tarmoqlarini loyihalashtiradigan “O‘zenergoinjiniring” AJ loyiha tashkiloti tashkil etildi.

2019-yil 1-iyuldan:

  • quvvati 10 MVtdan ko‘proq energiya iste'mol qiladigan korxonalarni qurish va yer maydonlari ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingunga qadar respublika hududlarida joylashtirish Energetika vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi;
  • xususiy ishlab chiqaruvchilardan elektr energiyani xarid qilish tanlov asosida hosil qilinayotgan elektr energiyaning maksimal qiymati ko‘rsatilgan holda amalga oshiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech