27 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,4 °C

Mamlakatimizda
4 Mart  2019 1091

O‘zbek-tojik chegarasida yana bir o‘tkazish punkti ochildi

So‘nggi ikki yil davomida O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlarining rivoji jadal sur'at kasb etib, strategik sheriklik darajasigacha ko‘tarildi.

 

Bunda, eng avvalo, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga 2018-yil mart oyida amalga oshirgan tarixiy davlat tashriflari muhim rol o‘ynadi.

Ayni shu tashrif arafasida 2018-yilning 1-martidan boshlab, mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro vizasiz tartib joriy etildi, davlat chegarasidagi 9 ta o‘tish punktlarining faoliyati qayta tiklandi. Chegaradosh hududlar o‘rtasida muntazam almashinuvlar yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari farovonligiga qaratilgan  ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini bundan buyon ham kengaytirishga va mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda.

Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Bog‘dara” qishlog‘ida o‘zbek-tojik xalqlarini bog‘lovchi yana bir o‘tkazish punkti - “Bobotog‘” chegara bojxona punkti ochildi

Bu yerda istiqomat qiluvchi aholi qo‘shni davlat bo‘lsa-da, shundoqqina yonginasida, chaqirsa ovozi yetgudek masofada yashayotgan qavmu-qarindoshlarining holidan xabar olish uchun 110 .km. olisdagi “Sariosiyo” chegara-bojxona postiga borishar, Tojikiston bo‘ylab esa yana 40-50 km. yo‘l bosishar edi.

“Bobotog‘” chegara-bojxona punktiga tutash hududda Tojikistonning “Hisor” chegara-bojxona postining ochilgani qo‘shni davlatning “Hisor” va “Ro‘dakiy” tumanlarida istiqomat qiluvchi aholining ham quvonchiga sabab bo‘lmoqda. Chunki, bu hududlarda istiqomat qilib kelayotgan ikkala xalqlar azaldan etu tirnoq, bir tanu bir jon bo‘lib yashab kelishmoqda.

Postda jismoniy shaxslar, tovar va transport vositalarining qisqa muddatda va samarali ravishda bojxona nazoratidan o‘tkazish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Bu borada 300 mln. so‘mlik bunyodkorlik ishlari  amalga oshirildi. Postga eltuvchi yo‘llarga asfalt yotqizilib, yoritqichlar o‘rnatildi, yon- atrof ko‘kalamzorlashtirildi.

Shuningdek, bu yerda chegarachilar, o‘simliklar karantini, sanitariya epidemiologiya, veterinariya nazorati mutaxassislari, sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish uchun ham yetarli sharoitlar muhayyo qilindi.

Bir so‘z bilan aytganda “Bobotog‘” chegara bojxona posti Muhtaram Prezidentimiz tomonidan tashqi siyosatda xalqimiz manfaatlarini ko‘zlab yuritilayotgan do‘stona islohotlarning navbatdagi amaliy ramzi bo‘lib xizmat qiladi.

Davlat bojxona qo‘mitasi

Axborot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech