18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Sport
13 Mart  2019 1367

O‘zbek qizi og‘ir atletika bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Las-Vegas shahrida davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kuni ham terma jamoamiz uchun yanada omadli yakun topdi.

 

Qizlar o‘rtasida -64 kilogramm vazn toifasida supachaga chiqqan Kumushxon Fayzullayeva musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritibgina qolmasdan, o‘smirlar o‘rtasida jahon rekordlarini ham o‘rnatdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Vakilamiz dast ko‘tarish mashqida 93 kg, siltab ko‘tarish mashqida esa 122 kg natija qayd etdi. Ikki kurashda 215 kilogramm jamg‘ara olgan sportchimiz ushbu vazn toifasining siltab ko‘tarish va ikki kurash yo‘nalishlari bo‘yicha o‘smirlr o‘rtasida jahon rekordlarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

  1. Kumushxon Fayzullayeva (O‘zbekiston) – 225 kg (jahon rekordi)
    2. Keysi Roxas (Meksika) – 195 kg
    3. Mixaela Ilie (Ruminiya) – 190 kg

Kumushxon Fayzullayeva yozda poytaxtimiz mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham zafar quchib, o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi qizlar orasida ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritgan sportchiga aylangan. Shuningdek, 2018-yil oktyabr oyida Argentinada o‘tgan o‘smirlar Olimpiadasida ham unga teng keladigani topilmagan edi.

Ta'kidlash joiz, terma jamoamiz vakillari musobaqaning har kungi bahslarida medallar qo‘lga kiritishmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech