29 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,5 °C

Biznes
27 Iyun  2020 1139

Oʻzbek kulolchiligiga Yevropacha nazar

Oʻzbekiston va Fransiya kulollari oʻrtasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʻtariladi.

Oʻzbekiston kulolchilik sanʼati va mahsulotlarini fransuz jamoatchiligi orasida keng targʻib qilish, eksport geografiyasini kengaytirish va fransuz kulollari bilan oʻzaro tajriba almashish maqsadida mamlakatimizning Parijdagi elchixonasi tomonidan Fransiyaning “Collectif National des Céramistes” milliy kulollar uyushmasi bilan videokonferensiya oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda “Collectif National des Céramistes” uyushmasi, “La maison de la céramique de Dieulefit”, “Le Pôle Céramique de Normandie” tashkilotlari, Fransiya Temuriylar tarixi va sanʼatini oʻrganish assotsiatsiyalari rahbarlari, shuningdek Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand”, “QadriyArt” uyushmalari, Rishton, Gʻijduvon, Toshkent, Xorazm, Samarqand va Namangan kulolchilik maktablarining vakillari ishtirok etdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Konferensiya davomida mamlakatimizda hunarmandchilik, xususan kulolchilik yoʻnalishini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda milliy kulolchilik maktablari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Fargʻona viloyatining Rishton tumanida kulolchilik xonadonlari va muzey-galereyalardan tashkil topadigan Rishton kulolchilik markazi alohida taqdimot qilindi.

“Collectif National des Céramistes” uyushmasi prezidenti Jerom Russel mazkur tashkilot Fransiyaning 700 dan ziyod kulollarini birlashtirishini aytib oʻtdi. Oʻzbek va fransuz kulolchilik yoʻnalishlari bir biridan farq qilganligi sababli oʻzaro tajriba almashish muhimligini, Fransiyada oʻzbek ustalarining shaxsiy koʻrgazmalarini tashkil etishga tayyorligini bildirdi. Oʻzbekistonlik va Fransiyalik kulollarning “virtual koʻrgazmalari” tashkil etishni taklif etdi.

Normandiya kulolchilik uyushmasi rahbari Roz Mari de Krua Ruan markazida kulolchilik mahsulotlari koʻrgazmasini tashkil etish va sotish markazi oʻzbek kulollarini qabul qilishga tayyorligini maʼlum qildi.

Oʻz navbatida oʻzbek kulollari fransiyalik usta hunarmandlarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Ishqor texnologiyalari va ranglar asosida tajriba almashish, koʻrgazmalar tashkil etish, fransiyalik kulollar bilan koshinpazlik, tarixiy obidalarni konservatsiya va restavratsiya qilishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish takliflarini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech