05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Xalqaro hamkorlik
12 May  2020 420

Oʻzaro kelishilgan qarorlar qabul qilindi

MDH ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi boʻlib oʻtdi.

2020-yil 12-mayida Oʻzbekiston Respublikasi tashabbusi bilan birinchi marta videokonferensaloqa rejimida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raislik qildi.

Majlis ishida Armaniston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Zograb Mnatsakanyan, Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey, Moldova Respublikasi Tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vaziri Oleg Tsulya, Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Elmar Mamedyarov, Qirgʻiziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov hamda MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etdilar.

Majlis ishtirokchilari fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan bir-birlarini tabrikladilar. Hamdoʻstlik davlatlari xalqlarining fashizmga qarshi kurashdagi metindek bardoshi va mislsiz irodasi eʼtirof etildi.

Hamdoʻstlik tashqi siyosat idoralari rahbarlari xalqaro kun tartibining va MDH doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini, xalqaro va mintaqaviy ishlarda tashkilot roli va oʻrnining holati, uni kuchaytirish istiqbollarini koʻrib chiqdilar, shuningdek qator tashkiliy masalalarni muhokama qildilar.

Tomonlar karantin cheklovlari sharoitida savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi barcha mavjud va yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik mexanizmlarini saqlab qolishning, hamda MDH erkin savdo hududining toʻlaqonli ishlashini taʼminlashning muhimligini qayd etdilar.

Delegatsiyalar rahbarlari koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etishda Hamdoʻstlik ishtirokchi davlatlari saʼy-harakatlarini birlashtirish dolzarbligini taʼkidladilar.

Ishtirokchilar MDH TIVKning keyingi majlisini oktyabr oyida Toshkent shahrida oʻtkazish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston tomoni taklifini qoʻllab-quvvatladilar.

Majlis yakunlariga koʻra hamkorlikning turli yoʻnalishlarida 11 ta hujjat imzolandi, kun tartibining barcha masalalari boʻyicha oʻzaro kelishilgan qarorlar qabul qilindi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech