07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,2 °C

Voqea-hodisalar
26 Mart  2020 275

Ozarbayjonda keyingi haftada hyech kim ishga chiqmaydi

Ozarbayjon vazirlar mahkamasi koronavirus tufayli keyingi haftani ish haftasi emas, deb e’lon qildi.

20-martdan 29-martgacha ozarbayjonliklarga Navro‘z bayrami sababli dam berilgan edi.

Vazirlar mahkamasining qaroriga ko‘ra, haftasiga besh kun ishlaydigan xodimlar uchun 29-martdan 3-aprelgacha, olti kun ishlaydiganlar uchun 4-aprelgacha ish kuni emas.

Ushbu qaror  davlatning muhim tuzilmalari, jumladan, banklar, dorixonalar, oziq-ovqat sahosiga tegishli emas.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech