30 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,5 °C

Xavfsizlik
23 Iyul  2020 1207

Oʻz vaqtida yetib keldi

Ikki nafar fuqaro hayoti saqlab qolindi.

Toshkent viloyati Toshkent tumani Bunyodkor mahallasi Yangi zarbuloq koʻchasida yashovchi fuqaro oʻz xonadonining darvozasi yaqinida qurilgan oqava suv uchun moʻljallangan chuqurligi 6 metrdan ortiq boʻlgan quduqqa uning ichidagi yogʻochlarni olib chiqish uchun tushgan.

Quduq tubida kislorod yetarli boʻlmaganligi sababli uning ahvoli kutilmaganda yomonlashib qoladi. Unga yordam berish uchun tushgan ikkinchi fuqaro ham qisqa vaqtda shu holatga tushdi.

Shu vaqt quduq ichidan yordam soʻrab kelayotgan ovozni eshitgan fuqaroning oʻgʻli Qutqaruv xizmatiga qoʻngʻiroq qiladi.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan qutqaruvchilar quduq ichida hushini yoʻqotayozgan ikki nafar fuqaroni yuqoriga olib chiqib, ularga zarur yordamlarni koʻrsatdi.

Shu tariqa ikki nafar fuqaroning hayoti saqlab qolindi, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech