31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Mamlakatimizda
7 Aprel  2020 1346

O‘z-o‘zimizni aldamaylik

Velosipedda sayr qilish uchun bahona topiladi: bizni aldamoqchi bo‘lib, o‘zingizni aldamoqdasiz.

Fotosurat: iiv.uz.

Bugungi kundan boshlab Toshkent shahar IIBB xodimlari Milliy gvardiya xizmatchilari bilan hamkorlikda majburiy o‘zini yakkalash talabiga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha jiddiy ishlarni amalga oshirishmoqdalar. Bunga javoban esa shahar aholisi ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, sharhlar va shaxsiy xabarlar orqali davlat idoralari sahifalariga norozilik bilan murojaat qilmoqdalar. Kimdir xodim bilan kelishmovchilik chiqarib, u tomonidan qo‘llanilgan choralardan norozi, boshqa birov velosipedi jarima maydonchasiga joylashtirilganidan norozi. Ko‘pincha bu kabi holatga to‘xtatilgan fuqaroning o‘zini tutishi, qaerga yo‘llanayotganligi haqidagi savollarga xotirjamlik bilan javob bermasligi sabab bo‘ladi.  

Tavsiyalarni mensimagan shahar aholisi majburiy talablar chiqarilishiga o‘zlari sababchi bo‘lishdi. Barchaga eslatib o‘tmoqchimizki, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194 va 194-1 moddalariga muvofiq, ichki ishlar organlari xodimining yoki O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. Velosipedda harakatlanuvchilar yo‘l harakati qoidalarini buzishlari uchun ham javobgarlik ko‘zda tutilgani haqida unutmasliklari zarur.

Hurmatli do‘stlar! Siz xohlagan narsangizga — yuz berayotgan holat yolg‘onligiga, siz sog‘-salomat ekanligingizga va sizga hyech narsa tahdid solmasligiga ishonishingiz mumkin. Ammo, odatiy hayot tarzingizni davom ettirmoqchi bo‘lib, dori yoki oziq-ovqat bahonasi bilan velosipedda sayr qilib siz avvalambor o‘zingizni aldagan, o‘zingizga va atrofdagilaringizga xoinlik qilgan bo‘lasiz.

Karantin oxirgi kasal qayd etilganidan ikki hafta o‘tgach tugaydi. Shaharda sayr qilgan holda siz o‘z harakatlaringiz bilan karantin tugaydigan kunni uzoqlashtirmoqdasiz. Uyda qoling, yuzaki noroziligingizni va qoidalarga bo‘lgan bachkana e'tirozlaringizni ham uyda qoldiring. Biz barcha kuchlarni jamlagan holda karantinni tezroq tugashi uchun harakat qilmoqdamiz, bu ishda esa poytaxtda yashovchi har bir fuqaroning aql bilan ish tutishi qo‘l keladi. Ongini ishga solishga tayyor bo‘lmaganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ishga solinadi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech