17 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,8 °C

Bo‘sh vaqtda
8 Mart  2019 2105

O‘ttizinchi parallel jumboqlari

Biron marta Misr ehromlari, Buyuk Xitoy devori va Bermud uchburchagini nima bog‘lab turishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Ularga Hindistondagi Kaylas tog‘i va Geliopol, Eridu, Persepol, Lxasa shaharlarining qaysi yon tarafi bilan qarab turishi haqida-chi?

Bu xayolingizga ham kelmagan bo‘lishi tabiiy. Lekin buni bilib olish qiyin emas. Xaritaga ularni birlashtiruvchi chiziq tortasiz - javobning o‘zi paydo bo‘ladi. Ushbu ob’yektlarning hammasi 30-chi parallelda joylashgan.

Parallellar va meridianlar - bu yer shari sathidan o‘tkazilgan shartli chiziqlar bo‘lib, geografik koordinatalar to‘rini hosil qiladi. Bu bizga maktab partasidanoq ma’lum. Bundan tashqari, qadimda koordinatalar tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli ko‘pgina geografik kashfiyotlar ko‘r-ko‘rona, tusmollab amalga oshirilganini ham bilamiz. Ammo bu tasdiqqa hozirgi davrda ozgina bo‘lsa-da, tuzatish kiritish kerakka o‘xshaydi: koordinatalar tizimi o‘sha davrlarda faqatgina bizning sivilizatsiyada bo‘lmagan, degan. Biroq koordinatalar tizimi qadimgi misrliklar, shumerlar, xitoyliklar va mayyalarda ham bo‘lgan ko‘rinadi.

Bizgacha yetib kelgan afsonalardan birida keltirilishicha, xudolar sayyoramizni uch: shimoliy, markaziy va janubiy hududlarga bo‘lishgan ekan. Bo‘linish chizig‘i har shimoliy va janubiy kenglikning 30-chi parallelidan o‘tgan. Xuddi o‘sha janubiy kenglikda qancha mashhur bo‘lsa, shuncha jumboqlarga to‘la Naska vodiysi (Peru) joylashgan. Ma’lum uslubga solingan 18 ta turning: maymunlar, kasatkalar, o‘rgimchak, kaltakesak va hatto, odamlarning tasviri tushirlgan joy platoning 500 kv.km.lik maydonini egallagan. Bu suratlarni kim «chizgan»? Qachon? Qay usulda va qanday maqsadlarni ko‘zlab? Ushbu savollarga javob berish maqsadida keltirilgan juda ko‘plab nazariyalarning birortasi ham o‘z tasdig‘ini topmagan.

Muhimligi jihatidan shimoliy kenglikning 30-chi paralleli undanda ko‘proq ahamiyat kasb etgan ko‘rinadi. Xuddi shu parallel bo‘ylab, ya’ni Tibet tog‘laridan to Misrgacha muqaddas shaharlar qurilgan, aynan uning o‘zida, Sinay yarimorolining markaziy tekisliklarida ba’zi tadqiqotchilar qadimgi kosmodrom, deb atayotgan va hozirda deyarli yo‘q bo‘lib ketgan inshoot joylashgan.

Kaylas tog‘i

Aynan, 30-chi parallelda joylashgan Kaylas tog‘i (Xitoy, g‘arbiy Tibet va Manosaravar ko‘lidan shimolroqda) yer sayyorasidagi muqaddas joylardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, to‘rtta din vakillari: induizm, buddizm, jaynizm va qadimgi Tibetning Bon ta’limoti tarafdorlari xuddi shunday, deb hisoblaydilar.

Tasdiqlashlaricha, Kaylasning balandligi 6666 metrga teng, olimlar esa boshqa 6714 metr, degan raqamni keltirishadi. Bundan tashqari, Kaylas tog‘i «nafas oladi», ya’ni tog‘ bir «ko‘tarilsa», bir «tushadi». Shu bois ham uning balandligi yil davomida bir necha o‘n metrga o‘zgarib turadi. Shuningdek, unga ko‘tarilish taqiqlab qo‘yilganini ham alohida ta’kidlash joiz. Shu bois ham Kaylas tog‘i cho‘qqisi hozirga qadar zabt etilmagan. Toqqa ko‘tarilishni istagan ekspeditsiyaning dastlab, Xitoy hukumatidan ruxsat olishi talab etiladi. Ammo Kaylas bilan bog‘liq sirli hodisalarga hukumatning umuman aloqasi yo‘qligi aniq. Aytishlaricha, toqqa ko‘tarilishni ixtiyor etganlarning ko‘pi halok bo‘lgan yoki maqsadiga erisha olmay, sho‘ppayib qaytib kelishgan.

Xo‘sh, u holda Kaylas tog‘i qanaqa joy o‘zi? Tashqi ko‘rinishidan Kaylas tog‘i yonlari to‘rt gorizont tomonga qaragan to‘g‘ri to‘rtqirrali ehromni eslatadi. Yuqori qismi tuxumsimon dumaloq ko‘rinishda va abadiy muz qalpog‘i bilan qoplangan. Tog‘ go‘yoki 13 ta yotiq qatlamdan hosil bo‘lgandek. Chetdan qaralganda, tog‘ pastdan yuqoriga tomon ko‘tarilib boruvchi ulkan tosh zinaga ham o‘xshaydi.

Kaylasning asosiy jumboqlaridan biri - uning balandligi 1800 metrga teng botiq yon tomonlaridir. Ayrim olimlarning taxmin qilishlaricha, ular vaqtning kechishiga ta’sir o‘tkazishi mumkin ekan. Xususan, rossiyalik tadqiqotchi Ernst Muldashev 1999 yilda o‘sha toqqa chiqishga qaror qilgandi. Ammo mahalliy aholi uning ekspeditsiyasini ko‘tarilish chog‘ida lamalar tomonidan hosil qilingan muqaddas so‘qmoqlardan zinhor chiqib ketmaslik kerakligi haqida ogohlantira boshladi. Yo‘qsa, falokatga yo‘liqish mumkin, deyishardi. Keyin toqqa ko‘tarilgan to‘rt alpinist bilan bog‘liq hodisani gapirib berishgan. Ular muqaddas so‘qmoqdan chetga chiqib ketishgan ekan. Qaytishgach, juda tez qariy boshlabdilar va hammasi bir yil davomida vafot etishibdi. Tibbiyot esa ularning nima sababdan bu tarzda vafot etishgani sabablarini aniqlay olmagan, albatta. Kim bilsin, balki ushbu qo‘rqinchli hodisami yoki oliy kuchlar aralashuvi bilanmi, harqalay, Muldashev ekspeditsiyasining toqqa ko‘tarilishi amalga oshmay qoldi.

Qiziqarli geometriya

Mavzuni davom ettira turib, qadimiy muqaddas joylar - Kaylas, Stounxendj, ehromlar (Misr va Meksika), Pasxa oroli (Chili hududi)dagi tosh haykallarning sayyoramizda tashqi ko‘rinishidan birorta tizimsiz joylashgan, degan xulosaga kelish noto‘g‘ri bo‘lardi.

Kaylasning asosiy «ko‘zgular»i aniq Misr ehromlari tomonga, ikkita shimoliy «ko‘zgu» esa - Meksika ehromlariga qaragan. Sfinks ham Kaylasga qaratib qurilgan. Bunga ishonmasligingiz mumkin, ammo Kaylas va Misr ehromlarini meridian bilan tutashtirilsa va yana davom ettirilsa, bizni Pasxa oroliga «olib keladi». Kaylas tog‘idan Misr ehromlarigacha bo‘lgan masofa, Kaylas bilan Pasxa oroli o‘rtasidagi masofaning to‘ppa-to‘g‘ri to‘rtdan birini tashkil etadi.

Chiziqni Pasxa orolidan davom ettirsak, Meksika ehromlariga «duch kelamiz». Undan keyin - yana Kaylas tog‘i! Bunda ham Pasxa orolidagi ulkan tosh haykallardan Meksika ehromlarigacha bo‘lgan masofa, Pasxadan Kaylas tog‘igacha bo‘lgan masofaning to‘ppa-to‘g‘ri to‘rtdan birini tashkil etadi.

Kaylas tog‘idan Stounxendjga qarab chiziq tortilsa va u davom ettirilsa, bizni Pasxa oroliga «olib keladi». Oroldan boshlanadigan masofadan uchdan birini olib tashlasak, o‘zimizni to‘ppa-to‘g‘ri Bermud uchburchagida «ko‘ramiz»!

Shu o‘rinda Kaylas tog‘ining rasmiy balandligini esga olish joiz - 6714 metr. Shu bilan birga Kaylasdan Stounxendjgacha bo‘lgan masofa ham 6714 km.ni tashkil qiladi! Stounxendjdan Bermud uchburchagigacha va Bermud uchburchagidan Pasxa oroligacha bo‘lgan masofa ham shuncha - 6714 km.dan. Yana Kaylas tog‘idan Shimoliy qutbgacha bo‘lgan masofa ham 6714 km!

Uzatuvchi antenna

Parallellar va meridianlarning yer sathi bo‘ylab tushirilgan shartli chiziqlar ekani eqorida aytib o‘tildi. Shunga qaramasdan, 30-chi parallelni kosmosdan turib ko‘rsa bo‘ladi. To‘g‘ri, yaxshi va ochiq ob-havo sharoitida. Xitoy hududida Buyux Xitoy devorini ko‘rish mumkin. U 30-chi parallelda joylashgan va uning jumboqlari haligacha ochilmay qolmoqda. Yuqoridagi ma’lumotda ham bu haqda qisqacha fikr yuritgandik. Xullas, olimlarning taxmin qilishlaricha, uning devorlaridan yerning tabiiy elektrohanrabo maydonini o‘zgartiradigan signal jo‘natilgan. Ushbu axborotlar esa Gizadagi galaktikalararo aloqa vositasi orqali kosmosga «yuboriladi». Xo‘sh, Gizada galaktikalararo aloqani ta’minlaydigan vosita yoki qurilma mavjudmi? Kim bilsin. Ammo o‘rinda amerikaliklar kinoijodkolar tomonidan suratga olingan «Transformerlar 2» badiiy filmini esga olishni tavsiya qilgan bo‘lardik. Ayniqsa, film oxirrog‘ini. Nima deysiz, g‘oya o‘z-o‘zidan paydo bo‘lganmikan?

Ammo ufologiya va anomal hodisalar bilan shug‘ullanuvchi olimlar ilgari surgan farazga murojaat qiladigan bo‘lsak, Xeops ehromining uchi spiral ko‘rinishida va pastga tomon yo‘nalgan quvvat-axborotni qabul qiluvchi nuqta ekan.

Ehromsimon konstruksiyalarning, o‘lchamlari hali an’anaviy fan tomonidan aniqlanmagan quvvat maydoni generatorlari ekani olimlarga juda yaxshi ma’lum. Ana shu effektlarni hisobga olgan holda Giza kompleksi uzra uchuvchi apparatlarning parvozi taqiqlab qo‘yilgan: ehromlar ustida tez-tez navigatsiya uskunalari va dvigatellar ishlamay qoladi.

Misrdagi ehromlar qanday maqsadlarda qurilgan bo‘lmasin, uni barpo etganlar ekvatorning uzunligini va yilning davomiyligini verguldan keyingi bir nechta raqamigacha aniq bilishgan. Ularga yer orbitasi uzunligi, yerning solishtirma og‘irligi, yildagi teng kunlik sikllari, og‘irlik kuchining tezlanishi va yorug‘lik tezliklari ham juda yaxshi ma’lum bo‘lgan. Ehromlarning 30-chi parallelda joylashuvining o‘ziyam qurilish hisob-kitoblarning o‘ta sinchkovlik bilan tekshirib chiqilganini tasdiqlaydi.

Mazkur inshootlarni qaerdan kelganlar va kimlar qurganiga javob yo‘q va hali-beri topilmasa ham kerak. Biroq o‘tmish qa’riga yo‘l olgan oldingi sivilizatsiyalarga oid ko‘pgina dalillar vaqt va inson tomonidan «o‘chirib» tashlangani ham juda achinarli hol.

Nurbek G‘AFFOROV tayyorladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech