07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Ta'lim
6 Mart  2020 738

OTMlar milliy sport turlariga ixtisoslashadi

2020-yil 4-martda Hukumatning 122-sonli «Sport turlari bo‘yicha terma jamoalar tarkibiga sportchilarni saralab olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishlari va xohish-istaklaridan kelib chiqib, maktablar, OTMlar kamida bittadan ustuvor, istiqbolli, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtiriladi.

Shunga ko‘ra, respublika bo‘yicha 112 ta OTM, tegishli sport turlariga ixtisoslashtiriladi.

Qaror bilan shuningdek, Sport turlari bo‘yicha sportchilarni saralash va tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Nizomga ko‘ra, sportchilarni tanlash jarayoni quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:

1-bosqich. Bolalar va o‘smirlarni dastlabki (birlamchi) tanlash;

2-bosqich. Tanlangan sport turi bo‘yicha ixtisoslashish talablariga jalb qilingan kontingentni talab darajasida chuqur tekshirish;

3-bosqich. Sportga yo‘naltirish;

4-bosqich. Terma jamoalarga saralash.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech