07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,5 °C

Sanoat
30 Dekabr  2019 1551

O‘zbekiston neft va gaz sanoati tarixi muzeyi ochildi

«O‘zbekneftgaz» AK va «Andijonneft» AJ Farg‘ona viloyati Chimyon shahrida neft va gaz sanoati tarixi muzeyini ochdi.

Aynan shu yerda bir asrdan ko‘proq vaqt oldin (1901-yilda) O‘rta Osiyo mintaqasidagi birinchi neft qudug‘i burg‘ilangan. 1904-yil may oyida 278 metr chuqurlikdan kuniga 130 tonna neft qazib olish (sanoat miqyosida) boshlangan. Kondan 11 yil davomida neft qazib olingan.

Chimyonda O‘zbekistonda neft qazib chiqarishning boshlanishi tarixiga bag‘ishlangan muzey tashkil etish tashabbusi mamlakat tarixiy merosining, sanoat tarixi sifatida, ana shu sohasini kelgusida yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Muzeyning Farg‘ona vodiysida yana bir tarixiy ob’ektning mahalliy va xorijiy sayyohlarni ham o‘ziga jalb etishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech