06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Salomatlik
18 May  2020 481

Oʻtkir nafas yetishmovchiligidan...

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor yurak qon-tomir va oʻtkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Samarqandlik fuqaro shu yil 14-mayda ogʻir ahvolda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizgan bemorda COVID-19 infeksiyasi ham aniqlangan.

Bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga oʻtkazilgan. Bemor uzoq vaqt davomida jigar sirrozi tashxisi bilan davolanib kelgan. Bundan tashqari, unda semizlik, anemiyaning ogʻir darajasi kabi qator hamroh kasalliklar ham mavjud boʻlgan.

Klinikada bemorga mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam koʻrsatilgan. Vazirlikning turli yoʻnalishlari boʻyicha bosh mutaxassislari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham oʻtkazilib, doimiy nazorat taʼminlangan. Biroq koʻrsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor yurak qon-tomir va oʻtkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech