29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,3 °C

Madaniyat
11 Aprel  2020 655

«O‘tgan kunlar»ni Xitoyda ham o‘qishadi

Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani Xitoy tiliga tarjima qilinib, 2 000 nusxada xitoyda chop etildi.

Ma’rifatparvar ijodkor, tengi yo‘q iste’dod egasi, o‘zbek romanchiligining otasi Abdulla Qodiriy tavallud kunini Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jamoasi yangi xushxabar bilan nishonladi.

Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani institutining doimiy hamkori bo‘lgan Xitoyning Lanjou universiteti dotsenti Di Syaosya xonim tomonidan xitoy tiliga tarjima qilinib, 2 000 nusxada xitoyda chop etildi.

Di Syaosya bu mashaqqatli ishni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Konfutsiy institutida Xitoy tomonidan direktor lavozimida ishlagan paytda TDShI «Xitoy filologiyasi» kafedrasi ustozlari bilan hamkorlikda boshlagan edi. Di Syaosya o‘z ishiga nihoyatda talabchan, filologiya bo‘yicha chuqur bilimga ega mutaxxassis bo‘lgani barobarida O‘zbekistonni, o‘zbeklarni qattiq hurmat qilgani hamda bu yerdagi hayoti davomida kuzatgan va o‘rganganlari ko‘p bo‘lgani bois bu murakkab ishni oxiriga yetkazdi va kitobni chop etishga muassar bo‘ldi. Bunga u o‘zining ikki yillik umrini bag‘ishladi.

Endilikda mazkur romanni Xitoy xalqi bemalol o‘qishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech