12 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,8 °C

Xalqaro munosabatlar
31 Dekabr  2018 1682

Ostona shahrida O‘zbekistonning konsullik bo‘limi faoliyat yuritishni boshladi

Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti ma’lumotiga ko‘ra Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi elchixonasi konsullik bo‘limi faoliyat yuritishni boshladi. 

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi konsullik bo‘limi faoliyat yuritishni boshlashi munosabati bilan 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab uning konsullik okrugiga Ostona shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qo‘stanay va Qarag‘anda viloyatlari kiradi.

Shuningdek, Oqtov shahrida O‘zbekistonning bosh konsulxonasi ochilguniga qadar 2019-yilning 1-yanvaridan e’tiboran O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi konsullik okrugiga Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil, Qizilo‘rda viloyatlari, shuningdek, Mang‘istau, G‘arbiy Qozog‘iston, Atirau va Aqto‘be viloyatlari kiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech